Navoiy viloyatida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.11.2024-yildagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to`g`risida” PF-184-sonli Farmoni ijrosi doirasida , Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi va viloyatadliya boshqarma mas’ul xodimi boshqa manfaatdor idoralar xodimlarini jalb etgan holda tadbirkorlarning tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablardan xabardorligini oshirishga oid seminar-trening o`tkazildi.
Seminar treningda ishtirok etgan tadbirkorlar veterinariya sohasidagi majburiy talablar bo`yicha savol-javoblarda faol ishtirok etdilar.
Seminar trening jarayonida tadbirkorlik subyektlari qonunchilik talablariga oid ma’lumotlar aks ettirilgan tarqatma materiallar va boshqa qo`llanmalar bilan ta’minlandi.